25/02/2026

 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-fevral holatiga viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 266 tani tashkil etgan.

Bu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 45 taga oshgan.
Ulardan:

▪️99 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),

▪️167 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).

Mazkur korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida quyidagicha taqsimlangan:

Sanoat sohasida – 104 ta korxona

Savdo sohasida – 65 ta korxona

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 23 ta korxona

Qurilish sohasida – 22 ta korxona

Tashish va saqlash sohasida – 7 ta korxona

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 7 ta korxona

 Axborot va aloqa sohasida – 7 ta korxona

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 ta korxona

Boshqa sohalarda – 25 ta korxona