24/02/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 91,0 million AQSH dollari bo‘lgan 101,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga yoki 16,8 ming tonnaga ko‘paygan.

Eksport tarkibi (tonna hisobida):

🔹Quritilgan uzum – 4 953,7 tonna
🔹Quritilgan o‘rik – 2 974,1 tonna
🔹Olma – 1 061,1 tonna
🔹Uzum (yangi) – 859,6 tonna
🔹Xurmo – 786,8 tonna
🔹Qovun mahsulotlari – 439,1 tonna

Sabzavotlar eksporti:

🔸Piyoz – 19 655,4 tonna
🔸Karam – 9 792,4 tonna
🔸Sabzi – 2 832,8 tonna
🔸Pomidor – 2 778,0 tonna
🔸Rediska – 1 069,0 tonna
🔸Bodring – 335,3 tonna

Boshqa eksport qilingan mahsulotlar:

▪️Mosh – 29 103,7 tonna
▪️Loviya – 2 939,3 tonna
▪️Yong‘oq – 2 836,5 tonna
▪️Boshqalar – 19 269,6 tonna

 Meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.