25/02/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 769,1 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 48,8 milliard so‘mga ko‘paygan.

 Ishlab chiqarishning tarkibi quyidagicha:

 mikrofirma va kichik korxonalar hissasi — 62,1 % ni,

 yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jaliklari — 37,9 % ga to‘g‘ri kelmoqda.

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar quyidagicha: (mlrd so‘m)

Namangan shahri – 328,6 mlrd so‘m

Norin tumani – 63,6 mlrd so‘m

Chortoq tumani – 38,7 mlrd so‘m

Pop tumani – 37,2 mlrd so‘m

Namangan tumani – 36,4 mlrd so‘m

 Ma'lumot o‘rnida: 2026-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Namangan viloyatida mebelchilik sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 204 tani tashkil etgan.