26/02/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 374,3 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 24,3 % ko‘paygan.

Shuningdek, umumiy eksport hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 51,8 foizini tashkil etgan.

 Eksport tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 39,9 %,

Tayyor trikotaj kiyimlari — 31,2 %,

Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 9,9 %,

Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 1,5 %,

Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 17,5 % ulushni tashkil etdi.

 Ma'lumot o'rnida, 2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida 3,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 25,3 % iga to‘g‘ri kelgan.