03/03/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-fevral holatiga Namangan viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 5 177 tani tashkil etdi.
• shundan yirik korxonalar — 15 ta,
• kichik korxonalar va mikrofirmalar — 5 162 ta.

2026-yil yanvar oyida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 1 trln 985,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oshdi.

🔷 Yirik korxonalar tovar aylanmasi: 166,7 mlrd so‘m
🔶 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari: 1 trln 818,7 mlrd so‘m

Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati

Namangan sh. – 110,0 %

Mingbuloq – 109,6 %

Kosonsoy – 110,6 %

Namangan t. – 108,3 %

Norin – 113,3 %

Pop – 107,6 %

To‘raqo‘rg‘on – 116,1 %

Uychi – 109,7 %

Uchqo‘rg‘on – 110,8 %

Chortoq – 109,4 %

Chust – 111,0 %

Yangiqo‘rg‘on – 110,2 %