04/03/2026

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida 2,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 2025-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,6 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati quyidagicha:

1. Namangan shahri – 835,0 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 112,8 %.

2. To‘raqo‘rg‘on tumani – 529,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 107,6 %.

3. Chust tumani – 207,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 114,3 %.

4. Uychi tumani – 160,8 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 106,8 %.

5. Kosonsoy tumani – 156,5 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 103,4 %.

6. Uchqo‘rg‘on tumani – 131,7 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 133,8 %.

7. Mingbuloq tumani – 110,4 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 107,5 %.

8. Namangan tumani – 92,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 101,3 %.

9. Chortoq tumani – 82,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 117,1 %.

10. Pop tumani – 63,2 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 113,4 %.

11. Norin tumani – 33,8 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 115,7 %.

12. Yangiqo‘rg‘on tumani – 30,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,2 %.

 2026-yilning yanvar oyida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 880,8 ming so‘mni tashkil etdi.

 Ushbu davrda kichik biznes subyektlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 46,9 % ini tashkil qildi. Bu kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotda muhim o‘rin egallayotganidan dalolat beradi.