05/03/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga Namangan viloyatida 1 432 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida viloyatimizda umumiy qiymati 656,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,7 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.

 So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar oyida)

▫️2026-yil – 656,1 mlrd so‘m

▫️2025-yil – 557,4 mlrd so‘m

▫️2024-yil – 400,3 mlrd so‘m

▫️2023-yil – 249,9 mlrd so‘m

▫️2022-yil – 350,2 mlrd so‘m

 Tahlillarga ko‘ra, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa so‘nggi yillarda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

🔸 Yirik qurilish tashkilotlari – 6,0 %

🔸 Norasmiy sektor – 47,2 %

🔸 Kichik korxona va mikrofirmalar – 46,8 %