Namangan viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida statistika tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev statistika tizimida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda ayollarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni muhim ekani, ularning fidokorona mehnati va tashabbuslari yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani e’tirof etildi.

Bayram yakunida statistika tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farovonlik va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.











