Joriy yilning 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi — onlayn bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda talaba-yoshlarning faol ishtiroki alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Shu munosabat bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol qatnashgan talabalar o‘rtasida tanlov tashkil etildi. Tanlov shartlariga ko‘ra, so‘rovnomada o‘zi hamda oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi belgilangan edi.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy tanlash (random) usuli orqali g‘oliblar aniqlan edi.
Tanlov g‘oliblari:
Omina Usmonjonova — Namangan davlat universiteti talabasi
Bunyodjon Yo‘lchiyev — Namangan davlat texnika universiteti talabasi
Namangan viloyati statistika boshqarmasida ushbu g‘olib talabalar tantanali ravishda zamonaviy planshet qurilmalari bilan taqdirlandilar.








