2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 292 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 406 taga ko‘paygan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2 010 tasi tadbirkorlik subyektlari subyektlari hisoblanadi.
Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Savdo sohasida — 758 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;
Sanoat sohasida — 572 ta
Qurilish sohasida — 129 ta
Yashash va ovqatlanish sohasida — 129 ta subyekt qayd etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyida tumanda 34 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Bu esa, hududda investitsiyaviy muhit va biznesni rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.
Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.





