Pop tumani 1931-yil 10-iyunda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 2,91 ming kv.km tashkil etadi. 2026-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 243,5 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning 1-yanvar holatiga nisbatan 3,6 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 50,3 % ini erkaklar, 49,7 % ini ayollar tashkil etadi. 2025 yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 5 169
kishini, vafot etganlar soni 1 107 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2025 yilda FHDYO organlarida 1 663 ta nikohlar va 346 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.





