11/03/2026

 2026yilning 1-fevral holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 572 tani tashkil etib, ular tomonidan 2026-yilning yanvar oyida 199,9  mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 39,8 mlrd so‘mga ko‘paygan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 1 mln 191,8 ming so‘mga yetib, o‘sish surʼati 2025 yilning mos davriga nisbatan 122,1 % ga yetgan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda Yangi Namangan tumanining qo‘shgan hissasi 7,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda.