12/03/2026

2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 552 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 244 taga ko‘paygan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 1296 tasi tadbirkorlik subyektlari subyektlari hisoblanadi.

Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Savdo sohasida — 656 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 213 ta

Sanoat sohasida — 112 ta

Qurilish sohasida — 78 ta

Yashash va ovqatlanish sohasida — 53 ta subyekt qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-fevral oyida tumanda 86 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Bu esa, hududda investitsiyaviy muhit va biznesni rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.

Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.