Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 190,8 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 80,6 million dollarga yoki 73,2 foizga o‘sdi.
Tashqi savdo tarkibi quyidagicha:
Eksport hajmi – 65,5 mln dollar, bu 2025-yilga nisbatan 43,2 % ga ko‘p.
Import hajmi – 125,3 mln dollar, bu esa 94,6 % ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Viloyat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya – umumiy aylanmaning 28,1 % ini tashkil etdi
Xitoy – 44,5 %
Hindiston – 5,5 %
Turkiya – 3,3 %
Qozog‘iston – 3,0 %
Umuman olganda, Namangan viloyati joriy yilning yanvar oyida 56 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.





