Statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1-fevral holatiga Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 266 tani tashkil etgan.
Bu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 45 taga oshgan.
Ulardan:
▪️99 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),
▪️167 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).
Ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga hissasiga to‘g‘ri keldi:
Xitoy – 81 ta;
Rossiya – 52 ta;
Turkiya – 43 ta;
Janubiy Koreya – 18 ta;
Qozog‘iston – 13 ta.





