14/03/2026

Mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Azaldan xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarida hamjihatlik, ahillik hamda o‘zaro mehr-oqibat alohida o‘rin tutadi. Ana shunday ezgu an’analardan biri bo‘lgan hashar xalqimizni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, yurtimizni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qilib kelmoqda.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida munosib hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida bino atrofidagi ariq va yo‘laklar tozalandi, hudud tartibga keltirildi, daraxtlarga shakl berilib, ularning tanasi oqlandi. Shuningdek, hududga manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.