14/03/2026

Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida hududiy statistika bo‘limlari jamoalari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar jarayonida bo‘limlar hududlari tartibga keltirilib, bino atrofi tozalandi, yo‘laklar va yashil maydonlar obodonlashtirildi. Shuningdek, daraxtlarga shakl berilib, ularning tanasi oqlandi hamda yangi manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

Bunday ezgu tashabbuslar hududlarimizning yanada chiroyli va pokiza bo‘lishiga xizmat qilish bilan birga, jamoalarda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga ham hissa qo‘shmoqda.

“Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.