Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan quyidagi hajmlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi:
Go‘sht (tirik vaznda) – 185,9 ming tonna, o‘sish sur’ati +101,6 %
Sut – 815,6 ming tonna, o‘sish sur’ati +101,4 %
Baliq – 20,0 ming tonna, o‘sish sur’ati +107,8 %
Asal – 1,3 ming tonna, o‘sish sur’ati 92,4 %
Jun – 1,9 ming tonna, o‘sish sur’ati +107,4 %
Tuxum – 812,8 mln dona, o‘sish sur’ati +111,4 %





