16/03/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-fevral holatiga Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 922 tani tashkil etgan.

Shundan:
🔸 Yirik korxonalar – 12 ta
🔹 Kichik korxona va mikrofirmalar – 2 910 ta

Joriy yilning yanvar oyida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1 trln 423,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,5 % ga ko‘paygan.

 Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi hajmi 1 trln 103,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, umumiy ulgurji savdo hajmidagi ulushi 77,5 % ga teng bo‘ldi.