Joriy yilning yanvar oyi davomida Mingbuloq tumanida 87,0 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 115,7 foizga o‘sganini anglatadi. Ushbu o‘sish tumanda xizmatlar sohasining jadal rivojlanayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 25,3 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Transport xizmatlari 21,8 milliard so‘mni, moliyaviy xizmatlar 10,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish sohasida 5,8 milliard so‘m, taʼlim sohasida 1,3 milliard so‘m, yashash va ovqatlanish bo‘yicha 1,4 milliard so‘m, sog‘liqni saqlashda esa 1,0 milliard so‘mlik xizmatlar amalga oshirildi. Qolgan 19,7 milliard so‘m esa boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, yanvar oyida har bir aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi 616,9 ming so‘mni tashkil qildi. Bu esa xizmatlardan foydalanish darajasi aholi o‘rtasida ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mingbuloq tumanida xizmatlar sohasidagi ushbu ijobiy dinamika uning iqtisodiy salohiyatining oshishi va aholi turmush darajasining yuksalib borayotganidan dalolat beradi.





