2026-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, Pop tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 66 tani tashkil etdi. Joriy yilning yanvar oyida mazkur korxonalar tomonidan 28,4 milliard so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 123,0 foiz o‘sishni taʼminladi.
Bajarilgan ishlar tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 14,8 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar hissasi 65,1 foizni, norasmiy sektor ulushi esa 20,1 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, 2026-yilning yanvar oyida tumanda o‘rtacha har bir aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi 117,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, umumiy qurilish ishlarining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, turar-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etishga qaratilgan.





