17/03/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatiga xorijdan qiymati 5,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan choʻyan va poʻlat mahsulotlari import qilingan.

 O‘sish sur'ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 190,2 % ni tashkil etdi.

 Namangan viloyatida sanoat tovarlari importi tarkibida choʻyan va poʻlat mahsulotlarining ulushi 29,0 % ni tashkil etdi.