17/03/2026

 2026-yilning yanvar oyida  Mingbuloq tumanida qiymati 110,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,5 mlrd so‘mga ko‘paygan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 782,8 ming so‘mga yetib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ga yetgan.

Shuningdek, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 81,0 % i yirik korxonalar, 7,5 % i kichik korxona va mikrofirmalar hamda 11,5 % i yakka tartibdagi tadbirkorlar va uy xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Maʼlumot o‘rnida, 2026 yilning 1 fevral holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 110 tani tashkil etgan.