2026-yilning yanvar oyi davomida Pop tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 126,3 milliard so‘mni tashkil etib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 107,6 % o‘sish qayd etildi. Bu esa hududdagi savdo faoliyatida iqtisodiy o‘sish surʼatlarining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Chakana savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha shakllangan:
-
Yirik korxonalar hissasi — 4,9 milliard so‘m,
-
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tovar aylanmasi — 39,1 milliard so‘m,
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan savdo — 44,8 milliard so‘m,
-
Shu jumladan, uyushmagan savdo — 37,5 milliard so‘mni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar aholi ehtiyojlarini qondirishda tadbirkorlik subyektlari muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi.
2026-yilning yanvar oyida tumanda o‘rtacha har bir aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 522,4 ming so‘mni tashkil etdi.





