18/03/2026

2026-yil 18-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda boshqarma rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev ishtirokchilarga korrupsion holatlarning oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi.