Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 552 tani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 244 taga ko‘paygan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 1 296 tasi tadbirkorlik subyektlari subyektlari hisoblanadi.
Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Savdo sohasida — 656 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 213 ta
Sanoat sohasida — 112 ta
Qurilish sohasida — 78 ta
Yashash va ovqatlanish sohasida — 53 ta subyekt qayd etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-fevral oyida tumanda 86 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.
Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.





