19/03/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 159,3 mln AQSH dollari qiymatida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksport qilindi.

O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 150,2 % ni tashkil etdi.

Eksport tarkibida top 6 mahsulot va o‘sish sur’ati
(2025-yilning shu davriga nisbatan):

 Sabzavot va mevalar – 145,8 mln AQSH dollari
O‘sish sur’ati: 151,1 %

Sut mahsulotlari va tuxumlar – 7,9 mln AQSH dollari
O‘sish sur’ati: 135,3 %

Don mahsulotlari – 2,9 mln AQSH dollari
O‘sish sur’ati: 120,5 %

Tirik hayvonlar – 1,3 mln AQSH dollari
O‘sish sur’ati: 2,2 barobar

 Kofe, choy, kakao va ziravorlar – 463,3 ming AQSH dollari
 O‘sish sur’ati: 2,1 barobar

 Baliq va suv mahsulotlari – 295,1 ming AQSH dollari
 O‘sish sur’ati: 109,2 %