Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 20 016 tonna baliq ovlangan.
Bu ko‘rsatlich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonna yoki 7,8 foizga oshgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ovlangan baliq hajmi va o‘sish sur’ati
(2024-yilning shu davriga nisbatan):
Fermer xo‘jaliklari — 15 014,7 tonna
O‘sish sur’ati: 113,8 %
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari — 97,7 tonna
O‘sish sur’ati: 135,7 %
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar — 4 903,6 tonna
O‘sish sur’ati: 92,3 %
2025-yilda viloyatda baliqchilik sohasi rivojlanib, fermer va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmining oshgani kuzatildi. Bu esa hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.





