25/03/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1-fevral holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 314 tani tashkil etdi.

Ular quyidagicha taqsimlangan:

🔹Yirik ovqatlanish korxonalari – 6 ta

🔸Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 308 ta

 2026-yilning yanvar oyida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 1 trillion 606,8 milliard so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 30,4 % ga oshgan.

Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 99,0 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mazkur ma’lumotlar umumiy ovqatlanish sohasining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa, kichik biznesning faol va samarali ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.