25/03/2026

Bahor nafasi kirib kelishi bilan yurtimizda azaliy an’ana va qadriyatlar yana jonlanadi. Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir erta tongdan boshlanib, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni bilan davom etdi. Doshqozon atrofida jam bo‘lgan jamoa a’zolari ahillik va hamjihatlikda ushbu ezgu an’anani davom ettirdilar.

Bayram davomida yosh xodimlar faol ishtirok etib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, davra atrofida yig‘ilganlarga ulashildi. Bu esa bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

Tadbir jarayonida yangragan milliy kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Ushbu bayram nafaqat qadriyatlarimizni yodga solish, balki jamoa o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Fotolavhalar: