Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–dekabr holatiga, Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 751 ming 300 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,8 % o‘sish sur’atini qayd etdi.
Viloyat bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan yuqori bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turlari:
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati – 11 mln 610,1 ming so‘m
Axborot va aloqa – 6 mln 637,5 ming so‘m
Tashish va saqlash – 5 mln 796,4 ming so‘m
Savdo – 4 mln 893,8 ming so‘m
Qurilish – 4 mln 879,5 ming so‘m
Yillar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish dinamikasi
(yanvar–dekabr holatiga):
2021 – 2 mln 425,1 ming so‘m
2022 – 2 mln 924,2 ming so‘m
2023 – 3 mln 320,3 ming so‘m
2024 – 3 mln 869,4 ming so‘m
2025 – 4 mln 751,3 ming so‘m





