2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 51 trln 178,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich umumiy investitsiyalar hajmining 83,7 foizini tashkil qilgan holda, 2024-yilning shu davriga nisbatan 111,1 foizga o‘sdi.
Mazkur raqamlar viloyatdagi kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faolligi ortib borayotganini, investitsion muhit esa ularning faoliyati uchun tobora qulaylashayotganini ko‘rsatadi.
Kichik biznes subyektlarining investitsiya faolligi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
-
Mingbuloq tumani – 95,9 %
-
Pop tumani – 94,0 %
-
Namangan shahri – 92,4 %
-
Yangiqo‘rg‘on tumani – 92,2 %
Ushbu hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga jalb etilgan investitsiyalar ulushi juda yuqori bo‘lib, bu hududlarda xususiy sektorning faol ishtiroki, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va sarmoyalarni samarali yo‘naltirish mexanizmlarining yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.





