Joriy yil 26-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida xodimlar manfaatlarini himoya qilish va mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashi raisi Jo‘raboyev Zafarbek Yusupovich so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xodimlar huquqlari hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.


Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalar bildirildi.


Tadbir yakunida statistika boshqarmasi huzuridagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlangani e’lon qilindi.





