Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 522,7 ming AQSH dollari bo‘lgan 341,1 tonna sabzavotlar eksport qilindi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga ko‘paygan.
Sabzavotlar kesimida eksport hajmi:
Karam – 131,5 tonna
Pomidor – 205,9 tonna
Bodring – 3,7 tonna
Sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.





