Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 4,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,9 % ga o‘sgan.
1-mart holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 180 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 3,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 27,2 % o‘sishni qayd etdi.
1-mart holatiga viloyatimizda ulgurji savdo sohasida 2 925 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.





