03/04/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 337 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114 mln AQSH dollariga yoki 51,1 foizga oshgan.

Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 128,6 mln

Import – 208,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2026-yilning dastlabki ikki oyida Namangan jahonning 60 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Namangan viloyati tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (36,4 %), Rossiya Federatsiyasi (32,6 %), Hindistonda (6,2 %), Turkiya (3,6 %), va Qozog‘iston (3,5 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.