06/04/2026

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–fevral oylarida Namangan viloyati iqtisodiyotida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatildi.

Quyidagi ko‘rsatkichlar buni yaqqol tasdiqlaydi:

 Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 5,6 trillion so‘m
– Fizik hajm indeksi: 108,8 %

 Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 1,5 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 108,2 %

 Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 4,6 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 128,9 %

 Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 8,7 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 117,4 %

 Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 337,0 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 151,1 %

 Eksport
– Hajmi: 128,6 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 140,4 %

🛩 Import
– Hajmi: 208,4 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 158,6 %

 Korxona va tashkilotlar faoliyati
 2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 27 622 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
 Shundan 23 186 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 83,9 foizini tashkil etadi.

 Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish va tashqi savdo sohalarida barqarorlik va kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda.