2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga jami 61 trln 125,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 107,6 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 3 trln 922,1 mlrd so‘mi yoki 6,4 % i tog‘-kon sanoatiga yo'naltirilgan.





