Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oyida Namangan viloyatida 275,2 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtrish xizmatlari ko‘rsatilgan.
O‘sish surati 2025-yilning mos davriga nisbatan 107,6 foizga yetgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining o‘sishiga kompyuter dasturlashtirish xizmatlarining o‘sishi ta’sir ko‘rsatdi. 2026-yilning tahlil qilinayotgan davrida ushbu turdagi xizmatlarning aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 9,5 foizni tashkil etdi. 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 22,8 foizga o‘sgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
🔹Namangan shahri - 78 mlrd so‘m
🔹Chust tumani - 20,9 mlrd so‘m
🔹Pop tumani - 19,8 mlrd so‘m
Viloyat bo‘yicha ko‘rsatligan xizmatlar umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining qo‘shgan hissasi 3,2 foizga to‘rg‘ri kelgan.





