Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Kosonsoy tumanida 1577 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan, 1285 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha:
savdo - 412 ta
sanoat - 336 ta
qurilish - 114 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 124 ta
yashash va ovqatlanish - 75 ta
tashish va saqlash - 24 ta
boshqa sohalarda - 492 tani tashkil etgan.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:
🔹masʼuliyati cheklangan jamiyatlar - 1108 ta
🔹xususiy korxonalar - 146 ta
🔹oilaviy korxonalar - 27 ta
🔹xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 13 ta
shundan
🔸xorijiy korxonalar - 8 ta
🔹qo‘shma korxonalar - 5 tani tashkil etgan.





