Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida Namangan viloyatidan xorijga 1 mln AQSH dollari qiymatida kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar eksport qilindi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 barobarga oshgan.
Eksport o‘sishiga asosiy hissa qo‘shgan mahsulotlar:
Noorganik kimyoviy moddalar
— 449,8 ming dollar
— o‘sish: 2,2 barobar
Bo‘yoqlar va bo‘yash moddalar
— 31,6 ming dollar
— o‘sish: 14,9 barobar
Efir moylari, parfyumeriya va yuvish vositalari
— 48,7 ming dollar
— o‘sish: 144,9 %
Viloyatda kimyo sanoati mahsulotlariga bo‘lgan tashqi talab ortib borayotgani eksport hajmining sezilarli o‘sishiga xizmat qilmoqda.





