14/04/2026

 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari tarkibida metallurgiya sanoatining ulushi 2,7 % ni tashkil etdi.

 Ushbu davrda metallurgiya tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmi 153,5 mlrd so‘mga yetdi. Fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,9 % ni tashkil etdi.

 Ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagicha shakllandi:

 Yirik korxonalar — 79,5 %

 Mikrofirma va kichik korxonalar — 20,3 %

 Yakka tartibdagi faoliyat va uy xo‘jaliklari — 0,2 %

 Umuman olganda, metallurgiya sanoati viloyat sanoatida nisbatan kichik ulushga ega bo‘lsa-da, asosiy ishlab chiqarish yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.