Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 26 trillion 901,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich umumiy qurilish ishlarining 91,0 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 109,0 % ni tashkil qildi.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari hajmi va umumiy hajmdagi ulushi (yanvar–dekabr holatiga)
2021-yil – 12 814,2 mlrd so‘m, umumiy hajmdagi ulushi 94,6 %
2022-yil – 16 trln 395,4 mlrd so‘m, ulushi 94,9 %
2023-yil – 20 trln 231,2 mlrd so‘m, ulushi 93,9 %
2024-yil – 23 trln 325,8 mlrd so‘m, ulushi 92,6 %
2025-yil – 26 trln 901,7 mlrd so‘m, ulushi 91,0 %
Ushbu statistik ma’lumotlar kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish sohasidagi faoliyati yildan-yilga kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2025-yilda hajm bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ulushning nisbatan pasaygani umumiy qurilish ishlarida boshqa subyektlar ishtirokining ham ortganidan dalolat beradi.





