16/04/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 384,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 4 barobarga oshgan.

 Viloyatning sanoat ishlab chiqarish tarkibida oziq- ovqat mahsulotlarining ulushi 24,4 foizni tashkil etdi.

 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, (yanvar-fevral)

2022 - yil - 345,7 mlrd so‘m
2023 - yil - 459,5 mlrd so‘m
2024 - yil - 477,1 mlrd so‘m
2025 - yil - 699,0 mlrd so‘m
2026 - yil - 1 trln 384,2 mlrd so‘m