16/04/2026

 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–dekabr oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 815,6 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar–dekabr oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 101,4 % ga yetganligi kuzatildi.

Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,2 % i fermer xoʻjaliklari, 92,9 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 0,9 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:

Namangan sh. – 70 920 tonna

Mingbuloq – 52 288 tonna

Kosonsoy – 54 044 tonna

Namangan – 64 421 tonna

Norin – 69 111 tonna

Pop – 63 539 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 71 646 tonna

Uychi – 51 494 tonna

Uchqoʻrgʻon – 61 782 tonna

Chortoq – 62 199 tonna

Chust – 97 125 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 96 996 tonna