20/04/2026

2025- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 390,3 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 54,0 % ini tashkil etdi.

2025- yilning yanvar- dekabrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Norin, hamda Pop tumanlarida – 100,0 % ni, Yangiqo‘rg‘on, – 99,2 %, Chortoq tumanida – 85,6 %, va Namangan tumanida – 84,7 % ni tashkil qildi.