20/04/2026

 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 1 mln 776,2 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ga o‘sgan.

 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish dinamikasi (yanvar–fevral holatiga):

🔹2022-yil – 673,6 ming so‘m

🔹2023-yil – 830,5 ming so‘m

🔹2024-yil – 1 mln 27,1 ming so‘m

🔹2025-yil – 1 mln 361,0 ming so‘m

🔹2026-yil – 1 mln 776,2 ming so‘m

 So‘nggi 5 yilda 2 baravardan ko‘p o‘sish kuzatilmoqda!
Bu sanoat salohiyatining yildan-yilga mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.