20/04/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Chust tumanida 2329 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan, 1967 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha:

 savdo - 673 ta

 sanoat - 320 ta

 qurilish - 138 ta

 qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 204 ta

 yashash va ovqatlanish - 153 ta

 tashish va saqlash - 191 ta

 boshqa sohalarda - 650 tani tashkil etgan.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:

🔹masʼuliyati cheklangan jamiyatlar - 1296 ta
🔹xususiy korxonalar - 605 ta
🔹oilaviy korxonalar - 56 ta
🔹xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 20 ta
shundan
🔸xorijiy korxonalar - 15 ta
🔹qo‘shma korxonalar - 5 tani tashkil etgan.