23/04/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 925 tani tashkil etgan.

Shundan:
🔸 Yirik korxonalar – 12 ta
🔹 Kichik korxona va mikrofirmalar – 2 915 ta

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 3 trln 279,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 27,2 % ga ko‘paygan.

 Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi hajmi 2 trln 576,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, umumiy ulgurji savdo hajmidagi ulushi 78,6 % ga teng bo‘ldi.