23/04/2026

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta taʼlim maktablari soni 783 tani tashkil etgan.

 Bu ko‘rsatkich 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 53 taga ko‘paygan.

 Yillar kesimida maktablar soni o‘sishi quyidagicha:

🔹2021/2022 o‘quv yili boshiga — 730 ta

🔹2022/2023 o‘quv yili boshiga — 742 ta

🔹2023/2024 o‘quv yili boshiga — 765 ta

🔹2024/2025 o‘quv yili boshiga — 767 ta

🔹2025/2026 o‘quv yili boshiga — 783 ta